Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tadbir

UNICON.UZ fan-taxnika va marketing tadqiqotlari markazi Davlat unitar korxonasida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda UNICON.UZ DUK direktori M. Maxmudov korxonada mehnat qilayotgan xotin-qizlarni bahor va go‘zallik bayrami – 8 mart ayyomi bilan qutladilar va ularning markaz faoliyatidagi beqiyos o‘rni haqida to‘xtalib o‘tdilar.

Tabrik so‘zi ketidan ayollarga esdalik sovg‘alari va go‘zal guldastalar topshirildi.
Kvintet ko‘rinishidagi klassik musiqa ansamblining go‘zal musiqalari bayramga o‘zgacha zavq baxsh etdi.

Ma'lumot uchun: hozirgi kunda UNICON.UZ DUKda 66 nafar ayol faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.


Дата: 2021-03-10 06:41:31