Aloqa sohasidagi hududiy hamdoʻstlik tashkilotining 2021 yil 2-16 aprel kunlari boʻlib oʻtgan tadbirlari toʻgʻrisida

2021 yilning 2 – 16 aprel kunlari Radiochastota spektri va Yoʻldoshli orbitalardan foydalanishni tartibga solish boʻyicha Aloqa sohasidagi hududiy hamdoʻstlik (ASHH) Komissiyasining 19-yigʻilishi (RCHS va YO) va uning uchta Ishchi guruhlari (IG) yigʻilishlari videokonferentsaloqa shaklida boʻlib oʻtdi.

Jumladan:

- 2023 yilgi Radioaloqa Assambleyasiga va 2023 yilgi Butunjahon radioaloqa konferentsiyasiga tayyorgarlik boʻyicha Ishchi guruhning 3-yigʻilishi
2, 5 va 6 aprel kunlari;

- Radioeshittirish boʻyicha Ishchi guruh va ASHH aloqa ma’muriyatlarida “Jeneva-06” yer usti raqamli teleeshittirish Rejasiga binoan 470-694 MHz radiochastota polosasida qoʻshimcha kanallarni izlash uchun takliflarni ishlab chiqish boʻyicha Loyiha guruhining 15/3 birgalikdagi yigʻilishi 7 – 9 aprel kunlari;

- Radiochastota spektrini boshqarish boʻyicha Ishchi guruhining
16-yigʻilishi 12 – 14 aprel kunlari.

Yigʻilishlarda Armaniston, Ozarbayjon Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Turkmaniston, Oʻzbekiston Respublikasi, Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI), GSMA, GSA xalqaro tashkilotlari va ASHH Ijroiya qoʻmitasi vakillari hamda, boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi. Yigʻilishlarda umumiy hisobda 100 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

ASHH Komissiyasi va uning Ishchi guruhlari yigʻilishlarida radioaloqa yo’nalishidagi dolzarb masalalarini, ASHH mamlakatlarida raqamli er usti televizion eshittirishning rivojlanish holati, BRK-23 kun tartibidagi masala boʻyicha ASHH koordinatorlarining materiallari, ASHH a’zo davlatlarning XEI Tadqiqot Komissiyalariga taklif etayotgan hissalarini,  ASHH Aloqa ma’muriyatlarida joriy etilayotgan va rejalashtirilayotgan 5G/IMT-2020 tizimlari haqidagi muhim masalalar koʻrib chiqildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, «UNICON.UZ» DUK mutahassislari mazkur yigʻilishlarda faol ishtirok etishdi, ayniqsa Butunjahon radioaloqa konferentsiyalarida koʻrilayotgan masalalar yuzasidan.


Дата: 2021-04-18 16:59:18