2019 yilgi Butunjahon Radioaloqa konferensiyasida qabul qilingan qarorlarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining Chastotalarni taqsimlash jadvaliga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida

Ma’lumki, 2019 yil 22 oktyabrdan 22 noyabrga qadar Misrning Sharm-el-Sheyx shahrida Butunjahon Radioaloqa konfirentsiyasi (BRK-19) boʻlib oʻtdi. Unda radiochastota spektri va yoʻldoshli orbitalardan foydalanish sohasida xalqaro shartnoma maqomiga ega boʻlgan Radioaloqa reglamenti qayta koʻrib chiqildi va BRK-19 Yakuniy aktlari qabul qilindi.

“UNICON.UZ” DUK qoshidagi Elektromagnit moslashuvi tahlili xizmatining (EMMTX) 2021 yilgi Ish rejasiga shuningdek, Radiochastotalar boʻyicha Respublika kengashi tomonidan (RChRK) 2020 yil 11 maydagi 1/1 -son qarori bilan tasdiqlangan “Xalqaro elektraloqa ittifoqining 2019 yilgi Radioaloqa Assambleyasi rezolyutsiyalari va 2019 yilgi Butunjahon radioaloqa konferentsiyasining yakuniy aktlarini amalga oshirish hamda 2023 yilgi Radioaloqa Assambleyasi va 2023 yilgi Butunjahon radioaloqa konferentsiyasiga tayyorgarlik” boʻyicha Chora-tadbirlar rejasiga asosan,
BRK-19 Yakuniy aktlarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Chastotalarni taqsimlash jadvaliga (ChTJ) oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha ishlar olib borildi. ChTJning yangi tahririni tayyorlash jarayonida Radiochastotalarni xalqaro taqsimlashda amalga oshirilgan oʻzgartirishlarni va ularni Oʻzbekiston Respublikasining Milliy radiochastotalarni taqsimlanishida aks ettirish boʻyicha, katta hajmdagi tahliliy ishlar olib borildi.

Ta’kidlash joizki, kun tartibi bandlari boʻyicha BRK-19 tomonidan qabul qilingan qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga toʻliq mos keladi, Oʻzbekiston Respublikasining Radiochastotalarni taqsimlash jadvalida aks ettirilgan va kelajakda Radiochastotalar boʻyicha respublika kengashi faoliyatida qoʻllaniladi.

ChTJning yangi tahririni shakllantirishda, ChTJ amaldagi nashri taqqoslash uchun asos sifatida olindi. Taʻkidlash joizki, ChTJga oʻzgartirish loyihalarini tayyorlash jarayonida Oʻzbekiston ChTJ matnini, mazmuni va stilistikasini takomillashtirishda respublika mutaxassislarining takliflari inobatga olingan.


Дата: 2021-07-13 16:44:28