“UNICON.UZ” - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi faoliyati va uni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha davra suhbati

Joriy yilning 23 iyul kuni “UNICON.UZ” - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasida “UNICON.UZ” - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi faoliyati va uni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar” mavzusida o‘quv soati bo‘lib o‘tdi.

Unda AKT vazirligi markaziy apparati va hududiy filiallari, tizimdagi korxona va tashkilot rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

Kun tartibidagi masala bo‘yicha “UNICON.UZ” DUK direktor o‘rinbosari U.Azimov davra suhbatini ochib berdi va olib bordi. 

Ma'ruzachi Iqtisodiyot va rejalashtirish ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i M.Umarov tomonidan “UNICON.UZ” DUK faoliyati va uni tartibga soluvchi normativ-xuquqiy hujjatlar to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Davra suhbati interfaol ko‘rinishda savol va javoblar tariqasida davom etdi.


Дата: 2021-08-04 12:27:05