Joriy yilning 7 sentabr kuni “UNICON.UZ” - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasida “Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish tizimi. Normativ hujjatlarni rejalashtirish, ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va ro‘yxatga olish tartibi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidagi masala bo‘yicha mulohazalar yuzasidan “UNICON.UZ” – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi direktor o‘rinbosari U. Azimov davra suxbatini ochib berdi va olib bordi.
Ma‘ruzachi S.Saydiakbarov O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 03.11.2008 yildagi 297-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan va amalga kiritilgan RH 45-004:2008 “Aloqa va axborotlashtirish sohasida standartlashtirish tizimi. Normativ hujjatlarni rejalashtirish, ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va ro‘yxatga olish tartibi” rahbariy hujjatining mazmun-mohiyatini yoritib berdi, jumladan mazkur rahbariy hujjat O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimi standartlari talablarini aloqa va axborotlashtirish sohasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda rivojlantiradi va to‘ldiradi. Hujjatda tarmoq normativ hujjatlarini ishlab chiqish bosqichlarining mazmuni va ketma-ketligini ochib beruvchi, O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimi standartlarining alohida qoidalari keltirilgan. Ushbu hujjatda qo‘shimcha ravishda normativ xujjatlarni ishlab chiqishni rejalashtirishga qo‘yiladigan talablar belgilangan, boshqa vazirliklar va muassasalarda tarmoq normativ hujjatlarining ro‘yxatga olinishi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar keltirilgan, shuningdek aloqa va axborotlashtirish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish, ko‘rib chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibiga o‘zgartishlar kiritilgan.
Ushbu rahbariy hujjat aloqa va axborotlashtirish sohasida ishlab chiqiladigan normativ hujjatlarni rejalashtirish, ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va ro‘yxatga olish tartibini, shuningdek normativ hujjat loyihasiga taqrizlarni va taqriz ma‘lumotlarini tuzish, bayon etish, rasmiylashtirish va mazmuniga qo‘yiladigan talablarni belgilashligi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar berib o‘tildi.
Davra suxbati interfaol ko‘rinishda savol va javoblar tariqasida davom etdi.