Joriy yilning 10-sentabr kuni Belarus Respublikasining Minsk shahrida, “Belpochta” Respublika Unitar Korxonasida Belarus Respublikasi aloqa va axborotlashtirish vaziri Shulgan K.K. va Aloqa Sohasidagi Hududiy Hamdo‘stlik (ASHH) Ijroiya qo‘mitasi Bosh direktori Muxitdinov N.N., ASHH Ijroiya qo‘mitasi Bosh direktor o‘rinbosari Zorya N.Y., hamda ASHH normativ hujjatlarini qayta ko'rib chiqish bo‘yicha ishchi guruh raisi “UNICON.UZ” DUK direktori Maxmudov M.M., ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida, aloqa va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish yo‘nalishlari bo‘yicha mamlakatlararo hamkorlikni mustahkamlash masalalari va Aloqa Sohasidagi Hududiy Hamdo‘stlikning bu boradagi o‘rni hamda ASMHning 30 yilligi nishonlanishi muhokama qilindi.
Shu bilan bir qatorda, ASHH Ijroiya qo‘mitasi bosh direktori mintaqada telekommunikatsiya infratuzilmasi va axborot-kommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirishda ishtirok etayotgan Belarus Respublikasining yetakchi mavqeiga, shuningdek, ASHH ishchi organlari faoliyatiga alohida e’tibor qaratdi.
Uchrashuv doirasida 2021-yil 22-24 noyabr kunlari Toshkent shahrida (O‘zbekiston Respublikasi) o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan ASHH huzuridagi axborotlashtirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashi va ASHH aloqa ma’muriyatlari rahbarlari Kengashining navbatdagi 57/27-qo‘shma Majlisiga tayyorgarlik ko‘rishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida, ASHH Iroiya qo‘mitasi bosh direktori joriy yilning avgust oyida Kot-d’lvuarning Abidjan shahrida bo‘lib o‘tgan 27-Umumjahon pochta kongressi doirasidagi saylovda Belarus Respublikasini Sharqiy Yevropa va Shimoliy Osiyo mintaqasidan Umumjahon pochta ittifoqining ma’muriy kengashi tarkibiga saylanishini yuqori baholadi.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan