Belarus Respublikasining Minsk shahrida MDH davlatlarining milliy elektron sog‘liqni saqlash tizimlarini integratsiya qilish masalalari bo‘yicha Ishchi guruh yig‘ilishi

2021-yil 9-sentabr kuni Belarus Respublikasining Minsk shahrida MDH davlatlarning milliy elektron sog‘liqni saqlash tizimlarini integratsiya qilish masalalari bo‘yicha Ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda ASHH me’yoriy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha Ishchi guruh raisi, axborot jamiyatini rivojlantirish va raqamli transformatsiya bo‘yicha ASHH komissiyasi a’zosi “UNICON.UZ” DUK direktori Maxmudov M.M., axborot jamiyati va raqamli transformatsiyani rivojlantirish bo‘yicha ASHH komissiyasi a’zosi, “UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator” MCHJ Bosh direktori Gimranov E.I., aloqa sohasidagi mintaqaviy Hamdo‘stlik Ijroiya qo‘mitasi Bosh direktori Muxitdinov N.N., Aloqa Sohasida Hududiy Hamdo‘stlik Ijroiya qo‘mitasi bosh direktorining o‘rinbosari Zorya N.Y., MDH davlatlarining elektron sog’liqni saqlashning milliy tizimlarini integratsiyalashuvi masalalari bo‘yicha ishchi guruh a’zosi, “BePro” dasturchilar markazi Bosh direktori Gafurov A.Х., shuningdek MDH davlatlarining elektron sog‘liqni saqlash milliy tizimlarini integratsiya qilish masalalari bo‘yicha ishchi guruh a’zolari Belarus Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Cherednichenko D.V. raisligida ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida Yevropa mintaqasi davlatlarining teletibbiyot kommunikatsiyalari sohasidagi o‘zaro hamkorligi, MDH davlatlarining milliy teletibbiyot tizimlarini yaratish va ularni yanada rivojlantirishda hamkorlik to‘g‘risidagi bitim shuningdek MDH davlatlarining teletibbiyot transchegaraviy hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi loyihasi ko‘rib chiqildi.

 

 

 


Дата: 2021-09-13 06:04:25