“UNICON.UZ” – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasida “Davlat hokimiyati organlarida axborot xavfsizligi asoslari” mavzusida davra suxbati bo’lib o’tdi.

Kun tartibidagi masala bo’yicha mulohazalar yuzasidan
“UNICON.UZ” – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitary korxonasi direktor o’rinbosari U.Azimov davra suxbatini ochib berdi va olib bordi.

Maruzachi N.Parpiev Axborot xavfsizligi tushunchasini va davlat hokimiyati organlarida axborot xavfsizligi to’g’risidagi malumotlarni keng yoritib berdi.

Axborot xavfsizligi bu, malumot va ko’maklashuvchi infrastrukyurani tasodifiy yoki ataylab ko’rsatilgan, tabiiy yoki suniy tabiatdagi, axborot munosabatlarning subektlariga to’g’ri kelmaydigan zarar keltiradigan tasirlardan himoyalanganligi, shu bilan birga malumot sohibi va undan foydalanuvchilarining hamda ko’maklashuvchi infrastrukturaning xavfsizligidir.

Axborot xavfsizligi bu, axborot xavfsizligiga yo’naltirilgan chora-tadbirlar kompleksi.

Axborot xavfsizligini taminlashda mavjud bo’lgan o’tkir muammolarning sabablari haqida to’liq malumotlar berildi. Ular quydagilar:

EXM vositalarining qo’llash doirasining kengayishi;

“Axborot” terminiga munosabatning o’zgarishi;

Taqsimlash tizimlari va masofali kirish tizimlarining rivojlanishi va kengayishi;

Kompyuter savodxonligining kengayishi va hisoblash texnikalarining ommabopligi;

Axborot xavfsizligiga taluqli qonunchilikning (xuquq) yetarli emasligi;

Kompyuter viruslarining rivojlanishi;

Xakerlar.

Axborot tizimlariga bo’ladigan tashqi tahdidlar 22% ni, insayderlar orqali tahdidlar 78% ni tashkil etadi.

Shu bilan birga, axborot xavfsizligi asosiy maqsadlari, axborot munosabatlari subyektlarining manfaatlariga zarar yetkazishning, axborot va unga ishlov beruvchi tizimlarga tasir ko’rsatishning asosiy yo’llari haqida malumotlar va xavfsizlik tahdidlariga qarshi vositalar haqida to’liq malumotlar berildi.

Davra suxbati interfaol ko’rinishda savol va javoblar tariqasida davom etdi.


Дата: 2021-09-21 10:17:17