“UNICON.UZ” - davlat unitar korxonasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 579-sonli qarori mohiyatini tushuntirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Loyiha-smeta hujjatlarininig ekspertizasi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yilning 17 sentyabrida “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish tartibotlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 579-sonli qarori mohiyatini tushuntirish, hamda 30 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan shu mavzuga oid seminar mazmuni yuzasidan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Bo‘lim boshlig‘i Katerenko M.S. tomonidan bo‘lim oldiga O’zR VM ning 579 sonli qarori yuzasidan qator vazifalar qo‘yildi va ularni ijro etish yo‘llari muhokama qilindi.

Bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Mirzahamdamov D.R. bo’lim xodimlarini O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan seminarda qatnashganligi yuzasidan hisobot berdi, O‘zR VM ning 579-sonli qarori ijrosi yuzasidan qo‘yilgan vazifalar va ularning muddatlari to‘g‘risida ma‘lumot berdi. Xodimlar o‘rtasida fikr almashildi va O‘zR VM ning 579-sonli qarori ijrosi yuzasidan harakatlar rejasi ishlab chiqildi.


Дата: 2021-10-06 08:00:14