“UNICON.UZ” DUKda “Keksalar haftaligi”

Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahqamasining qaroriga muvofiq (816-son, 27.09.2019-y.), joriy yilning 29-sentabr kuni UNICON.UZdavlat unitar korxonasi tomonidan Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif uyushtirildi.

Tashrif davomida Markaz faxriylari O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan “Istiqlol” monumenti bilan tanishdilar hamda ushbu monumentining O‘zbekistonning qadimgi davrlardan to hozirgi zamon tarixigacha bo‘lgan eng muhim voqealarini aks ettiruvchi majmuasini ko‘rib chiqdilar.


Дата: 2021-10-06 09:27:16