Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi

Jamoat ishlarida ishtirok etish – butun dunyodagi odamlar tomonidan qadrlanadigan asosiy inson huquqlaridan biridir. Qadim zamonlardan beri insoniyat shaxslarni davlat darajasida qaror qabul qilishga jalb qilish yo‘llarini topishga intildi. Xalq hokimiyatchiligi shakllanishining yorqin namunasi ilk antik davr davlatlarida fuqarolarning saylov orqali davlatni boshqarishda ishtirok etishini ta’minlaydigan yangi demokratik tamoyillar bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Saylov har qanday zamonaviy demokratik davlatda muhim o‘rnini topadi.

Bugun, ming yillar o‘tib, demokratiya tamoyili mamlakatimizning asosiy Qonuni – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘z aksini topib, xalqni davlat hokimiyatining yagona manbai deb e’lon qildi. Mamlakatimiz fuqarolari jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini amalga oshirib, erkin va adolatli saylovni muntazam o‘tkazib borish orqali davlat hokimiyatini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadi.

Politsenrizmning shakllanishi davrida mamlakatlarning zamonaviy rivojlanishi uchun globallashuv jarayonlarining chuqurlashishi va jamiyatning barcha sohalariga axborot texnologiyalari jarayonlarining kirib borishi xosiyatlidir. O‘zbekistonda saylov jarayoni e’tibordan chetda qolmagan har bir jamoatchilik muhitiga axborot texnologiyalarini joriy etish faol davom etmoqda. Hozirgi kunda milliy saylov amaliyoti axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning keng arsenaliga ega bo‘lib, uni rivojlantirishda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “UNICON.UZ” - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi faol ishtirok etmoqda. Saylov jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanishi Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi (SJBAT), Yagona elektron saylovchilar ro‘yxati (SYaER), Telegram va Instagram ijtimoiy platformalari, videokuzatuv va interaktiv xizmatlarni orqali taqdim etishda aks etadi. Shu o‘rinda ushbu texnologiyalar saylov jarayonining samaradorligini oshirishga hamda respublikamizda erkin va adolatli saylovlarni ta’minlashga xizmat qilayotganini ta’qidlash mumkin. Saylov oshkoraligi – demokratik saylov Zamonaviy AKT fuqarolarning saylov huquqlarini Konstitutsiya, milliy qonunchilik va xalqaro saylov standartlariga muvofiq amalga oshirishni, saylovchilarni yagona tizimga ro‘yxatdan o‘tkazishda shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishni ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasida erkin va oshkora saylov o‘tkazilishini hisobga olgan holda 2019-yilda Oliy Majlis va mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tgan saylovda “UNICON.UZ” - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi tomonidan Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi (SJBAT) ishlab chiqilgan. SJBATning samarali ishlashini ta’minlash maqsadida tegishli vazirlik va idoralar tomonidan xalqaro tajribaga muvofiq hamkorlikda ishlab chiqildi. Shu bilan birga, “UNICON.UZ” DUK tomonidan ushbu tizimning texnik ko‘mashish ishlari amalga oshirmoqda. SJBAT saylov jarayonida saylovchilar haqida tezkor va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

SJBATning  SYaER bilan integratsiyalashuvi Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 15-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona electron ro‘yxatini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq saylovchilarni ro‘yxatga olish jarayonini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi. SJBATning imkoniyatlari saylov jarayoni haqida tezkor ma’lumot olishni ta’minlaydi. Xususan, tizim funksiyalari yordamida MSK tomonidan hududlar kesimida saylovchilarning umumiy soni va mavjud okrug va uchastka saylov komissiyalari haqida ma’lumot olish imkoniyati mavjud (OSK, USK). Shu bilan birga, statistika hisobotlarini tuzish qobiliyatini ta’minlash orqali tizim OSK va USK xodimlarining ishini osonlashtiradi. Shu munosabat bilan, har bir bo‘limning ish natijalari SJBATga kiritiladi. Shu bilan birga, ushbu tizim orqali saylovlarning oshkoraligini ta’minlash SJBATda fuqarolarning takroriy ovoz berish imkoniyatini yo‘qqa chiqarishi, ya’ni tizim har bir saylovchining ovozlarini ro‘yxatga olishi bilan tavsiflanadi. Saylovchi xorijda yoki boshqa USK hududida bo‘lgan hollarda tizim xodimlariga alohida fuqarolarini bir saylov uchastkasidan boshqasiga o‘tkazish imkoniyatini beradi.

Tizimning texnik ta’minoti bilan bir qatorda “UNICON.UZ” DUK xodimlari tomonidan SJBAT trenerlari uchun maxsus kurslarni tashkil etishda alohida e’tibor karatildi. Ushbu kurslar davomida murabbiylar SJBATdan foydalanish bo‘yicha malakalarini oshirdilar. Ta’kidlash kerakki, treninglar respublika bo‘ylab o‘tkazilib, ularda barcha OSK va USK a’zolari ishtirok etdi.

Erkin, oshkora va adolatli saylovni o‘tkazish milliy saylov tizimining muhim va ustuvor vazifasi deb hisoblanadi, shu munosabat bilan, bu vazifani amalga oshirish uchun AKTdan keng foydalanishi yangi imkoniyatlarini ochadi. Mamlakatda olib borilayotgan islohotlar va “Yangi O‘zbekiston” kurish konsepsiyasini amalga oshirish bilan bir katorda, “Uchinchi Uyg‘onish davri”ning yangi davrini qayta tiklash bilan bigra, fuqarolarning respublikamiz taraqqiyotidagi ishtiroki muhimligi ta’qidlanadi. Saylovda ishtirok etish O‘zbekiston har bir fuqarosining uzviy huquqdir, mamlakatimiz kelajagiga ta’sir etuvchi huquqdir. Shu o‘rinda al-Farobiy o‘zining X asrda yozilgan “Fozil shahar aholisining qarashlari haqida risola” asarida har bir insonni tanlashning davlat hayotidagi ahamiyatiga alohida e’tibor bergan. Ushbu risolada insonning hayotda tanlashning to‘g‘riligi va uning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida fikrlar mavjud.


Дата: 2021-11-02 12:42:30