"UNICON.UZ" DUK bo‘linma va department boshliqlarining samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan trening

2021 yilning 3 noyabr kuni “UNICON.UZ” – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasida psixolog A. Nizamov tomonidan “Rahbarning shaxsiy samaradorligi” mavzusida bo‘lim va department boshliqlari uchun psixologik trening o‘tkazildi.

Trening davomida muayan vazifalarni bajarish uchun rahbar tomonidan xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi hamda vazifalarni taqsimlashda alohida e’tibor talab etadigan jihatlar yoritildi. Shu bilan birga, suhbat davomida Markaz xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.


Дата: 2021-11-04 13:07:22