Joriy yilning 10-noyabr kuni “UNICON.UZ” DUK Toshkent shahridagi Amity universitetida bo‘lib o‘tgan “Career Fest - 2021” bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdi. Ushbu yarmarkani tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsad, yoshlarni bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirib, ularni kelgusida ish bilan ta’minlash sanaladi. Unda barcha talabalar va хohlovchilar ishtirok etishdi.
Tadbir doirasida “UNICON.UZ” DUK xodimlari talabalarga bo‘sh ish o’rinlari va korxonadagi mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berdilar hamda talabalar va barcha tashrif buyuruvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish bilan bir qatorda, korxona va tashkilotlarda yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Bundan tashqari, tadbir davomida qiziqarli o‘yinlar bo‘lib o‘tdi va g’oliblar qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlandilar.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2023 UNICON.UZ Barcha huquqlar himoyalangan