Joriy yilning 7-noyabr kuni Samarqand shahrida tashkillashtirilgan “Samarkand Half Marathon”da 2100 ga yaqin kishi ro‘yxatga olindi. Marafon uch masofaga va to‘rt toifaga bo‘lib o‘tkazildi: yarim marafon (21 km), havaskorlar (10 km), boshlovchilar (2 km) va skandinavcha yurish (2 km). Ushbu sport festivalida “UNICON.UZ” DUK xodimlari A.Raximov va U.Sultanov ishtirok etdilar. Markaz xodimlari nafaqat 21 km masofani yengib o‘tishdi, balki qolgan yuguruvchilar uchun peysmeyker sifatida harakat qilishdi.
Ta’kidlash kerakki, bunday tadbirlar nafaqat mamlakatimizda sportni, balki turizm va hayriya kabi sohalarni ham rivojlantiradi, shuningdek, fuqarolar orasida sport bilan shug‘ullanish istagini uyg‘otadi. Besabab aytilmaydi “Sog‘ tanda sog‘lom aql”, shuning uchun “UNICON.UZ” DUK ham sog‘lom turmush tarzi tarafdoridir.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan