Joriy yilning 11-noyabr kuni “O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan “UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi rahbariyati markaz Kasaba uyushmasi a’zolarini tabriklashdi. Tabrik so‘zida, o‘tkan vaqt davomida xodimlar turmush darajasini oshirish, ularga qulay shart sharoitlar yaratish, inson manfaatlarini ta’minlash yo‘lida olib borayotgan ishlardagi ko‘magi uchun markaz Kasaba uyushmasining barcha a’zolariga minnatdorchilik bildirildi.
Shuningdek, sadoqatli mehnati va tashabbuskorligi uchun markazning avvalgi Kasaba uyushmasi raisi Xabiba Erkinovna Rasulova O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy kengashining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan