2021-yilning 12-noyabr kuni “UNICON.UZ” – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasida psixolog, “Mustaqil ravishda stressni boshqarish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasining muallifi A. Nizamov tomonidan “Xodimlarni rag‘batlantirish va vazifalarni taqsimlash asoslari” mavzusida bo‘lim va department boshliqlari uchun psixologik trening o‘tkazildi.
Ushbu treningdan asosiy ko‘zlangan maqsad xodimlarni rahbatlantirish shuningdek ularni umumiy maqsadlarga erishishga qanday jalb qilishni o‘rgatish sanaladi.
Trening davomida rahbar tomonidan xodimlarni moddiy va nomoddiy rahbatlantirish, vazifalarni taqsimlashdagi xususiyatlar, xodimlarga vazifalarni bajarishga imkon beradigan qoidalar hamda emotsional intellekt va uni samarali rahbarlik bilan bog‘liqligi ta’kidlab o‘tildi. Bo‘lib o‘tgan trening Markaz rahbariyati va xodimlari uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Shuningdek, markaz xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish bilan bir qatorda, vazifalarni taqsimlashda alohida e’tibor talab etadigan jihatlar to‘g‘risida ham to‘liq ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan