O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan bo‘lib, Davlat bayrog‘i va uning ramzi mamlakatimizning boshqa rasmiy ramzlari bilan bir qatorda bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy anʼanalarini o‘zida mujassamlashtiradi.
Jonajon yurtimiz osmoni bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang kabi musaffo, Vatanimizning taraqqiyot yo‘li va har birimizning hayot yo‘limiz bayroqdagi oq rang kabi pok hamda to‘q yashil rang kabi farovon bo‘lsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 30 yilligi muborak bo‘lsin!
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2023 UNICON.UZ Barcha huquqlar himoyalangan