Joriy yilning 2-dekabr kuni “UNICON.UZ” - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasida Inson resurslarini rivojlantirish o‘zbek-yapon markazi o‘qituvchisi, “kaizen” mutaxassisi M. Mirzajanov tomonidan “Jamoa bilan ishlash, xodimlarni boshqarish” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘uloti davomida menejment sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, jamoa tuzilishi va xodimlar birdamligi, vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash va xodimlarni boshqarish masalalari qo‘rib chiqildi. Yaponiyaning “kaizen” menejment g‘oyaga alohida e’tibor qaratildi. Kaizen “yaxshilanish” deb oʻgiriluvchi yaponcha soʻz boʻlib, ishlab chiqarish, muhandislik, tadbirkorlik kabi faoliyatlar falsafasi va amaliyotining surunkali yaxshilanishni tadbiq etuvchi turiga aytiladi.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan