3-dekabr - Xalqaro imkoniyati cheklangan insonlar kuni

Har yili “3-dekabr Xalqaro imkoniyati cheklangan insonlar kuni” butun dunyo davlatlarida nishonlanadi. Ushbu kun ijtimoiy hayotning barcha sohalarida imkoniyati cheklangan insonlarning huquqlarini rag‘batlantirish, hamda ularning muammolariga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etishga qaratilgan.

Bu juda muhim bayramdir, chunki bu kun jamiyatimizga imkoniyati cheklangan insonlar muammolariga e’tibor berish, ularga g‘amxo‘rlik va hurmat ko‘rsatish imkoniyati beradi. Shu bilan birga biz, imkoniyati cheklangan insonlar ruhining ajoyib kuchiga, eng qiyin sharoitlarda muvaffaqiyat qozonish qobiliyatiga qoyil qolish imkoniyatiga ega. Ularning hayotni sevish va optimizmning ko‘rinishlari har bir inson uchun namuna bo‘lishi mumkin. Hamyurtlarimizning 2021-yili Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritgan g‘alabalari ularning fidoyligi va mehnati butun dunyoda e’tirofga loyiq ekanini isbotlaydi.

3-dekabr – Xalqaro imkoniyati cheklangan insonlar kuni doirasida “UNICON.UZ” DUK xodimlari 103-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus maktab-internatga tashrif buyurishdi. Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi va bolalarga sovg‘alar taqdim etildi.


Дата: 2021-12-03 11:09:57