“UNICON.UZ” DUKning “Biznes marafon” treninglarida ishtiroki

Joriy yilning 5-dekabr kuni Buxoro viloyati, Shofirkon tumanining “Tuman hokimligi” binosida, hamda 6-dekabr kuni Buxoro shahrining “Yoshlar markazi” binosida bo‘lib o‘tgan “Biznes marafon” motivatsion treninglarida respublikada eng ko‘zga ko‘ringan, muvaffaqiyatga erishgan ko‘plab tadbirkorlar va 100dan ortiq yoshlar yangi g’oyalar, loyihalar va biznes sirlarini muhokama qildilar. 

Shuningdek, marafon qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan biznesga oid ko‘plab savollariga javob olish bilan bir qatorda, o‘z tadbirkorligini boshlash uchun haqiqiy motivatsiya ega bo‘ldilar.

Shuningdek, marafon spikeri sifatida “UNICON.UZ” DUK Departament boshlig‘i Shaxzod Magdiyev o‘z nutqlari bilan qatnashdilar.


Дата: 2021-12-06 07:56:42