8-dekabr- O‘zbekiston Respublikasi Kontstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan tadbir

Konstitutsiya davlatimiz siyosiy, huquqiy va iqtisodiy tizimlarining asoslarini belgilab bergan ijtimoiy taraqqiyotning mustahkam ko‘magi va huquqiy kafolatidir. 1992-yil 8-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI-sessiyasida mamlakatning asosiy Qonuni – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bir ovozdan qabul qilindi. Asosiy Qonunimiz mamlakat suverenitetining eng muhim bosqichlaridan biri bo‘lib, inson huquq va erkinliklarini, jamiyatda tinchlik va totuvlikni ta’minlash, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishga zamin yaratdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi jamoatchilik bilan aloqalarni izchil rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi hamda fuqaro, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar yo‘nalishi belgilab beradi. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va “Yangi O‘zbekiston” qurish konsepsiyasining amalga oshirilishi, shuningdek, “Uchinchi Uyg‘onish davri”ning yangi davrini qayta tiklanishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida bayon etilgan qoidalarning amalga oshirilishiga urg‘u beradi. Mamlakatning asosiy Qonuni qabul qilingan kun O‘zbekistonda umumxalq va milliy bayram sifatida nishonlanadi.

Shu munosabat bilan 2021-yil 6-dekabr kuni “UNICON.UZ” – Fan-texnika va marketing tadqiqotlar markazi davlat unitar korxonasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yillik bayramiga bag‘ishlangan davr suhbat o‘tkazildi. Tadbirni Markaz yuriskonsulti M. Turgunov ochib berib, davlatimiz mustaqilligi xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini ta’minlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosidagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishning mustahkam poydevori bo‘lib kelayotganligi, istiqlol bizni o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash huquqiga ega bo‘lgan holda avlodlarga ibrat va namuna bo‘ladigan buyuk kuch ekanligini ta’kidlab, ishtirok etuvchilarni bayram bilan qutladi. Davra suhbati samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.


Дата: 2021-12-07 04:48:28