“UNICON.UZ” DUKda korporativ madaniyatning rivojlanishi

Joriy yilning 9-dekabr kuni “UNICON.UZ” – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasida D. Kuchkarov tomonidan “Loyiha boshqaruvi” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Trening davomida loyihalarni boshqarish masalalari ko‘rib chiqildi va amaliy topshiriqlar bajarildi. Xususan, maqsad va vazifalarni to‘g‘ri belgilashga alohida e’tibor qaratildi.

Trening yakunida Markaz xodimlari loyiha boshqaruvi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini oshirdilar. Shu bilan birga, suhbat davomida Markaz xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.


Дата: 2021-12-09 11:44:30