“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi Qonun 1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan. Gerb va bayroq bilan bir qatorda, Davlat madhiyasi mamlakatimiz suverenitetining yorqin ifodasi bo‘lib, unda vatanparvarlik, an’analarga hurmat va ehtirom, Keksalarni e’zozlash kabi fazilatlar o’z ifodasini topgan. Davlat madhiyasining soʻzi Oʻzbekiston xalq shoiri A. Oripov qalamiga mansub, musiqasini esa bastakor M. Burhonov yozgan.
Davlat madhiyasi yosh avlodni tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi, chunki uning matnida xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustahkam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy an’ana va qadriyatlarimiz, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.
Davlat ramzlarining muqaddasligini, ular bizga yurt manfaati har narsadan ustunligini anglatib, eslatib turishi har birimiz, ayniqsa, yosh avlodning yodda tutishi maqsadga muvofiqdir.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan