Tantanali videokonferensiyani Aloqa sohasida hududiy hamdo’stlikning aloqa ma’muriyatlari boshliqlari Kengashining raisi, Rossiya Federatsiyasining Raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Maksut Shadayev ochib berdi. Hamdo‘stlik raisi ta’kidlaganidek, Aloqa sohasida hududiy hamdo‘stlik xalqaro maydonda obro‘ qozonib, mintaqaviy tashkilot sifatida Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqi va Umumjahon Pochta Ittifoqi tomonidan tan olingan.
Tantanali tadbir doirasida hamdo‘stlikning 30 yil ichida amalga oshirilgan faoliyati natijalari, yaqin oradagi istiqbollari bo‘yicha strategik yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Tadbir yakunida Aloqa sohasida hududiy hamdo‘stligining a’zo davlatlarining aloqa ma’muriyatlari boshliqlari barcha qiziqish bildirgan davlat va xalqaro tashkilotlar bilan konstruktiv hamkorlik olib borishga tayyorligini bildirdi.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan