“UNICON.UZ” DUKning ilmiy faoliyatida innovatsion loyihalarning oʼrni

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi talablariga muvofiq, davlat dasturlari doirasida bajariladigan innovatsion loyihalar tanlovida “UNICON.UZ” – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi tomonidan taqdim etilgan 4 ta innovatsion loyiha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

1. “O‘zbekistondagi telekommunikatsiya operatorlari (xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar) tomonidan qo‘llaniladigan tadqiqotlar va tahlillar,

tezkor-qidiruv tadbirlarining o‘tkazilishini taʼminlash uchun zarur bo‘lgan abonent maʼlumotlarini va boshqa maʼlumotlarni yigʼish, saqlash va taqdim etishga yondashuvlar” innovatsion loyihasi. Ilmiy rahbar - “UNICON.UZ” DUK direktori, t.f.n. Maxmudov Maxsum Mubashirovich.

2. “100/1000 Mbit/s tezliklarda TCP/IP protokollari steki bo‘yicha uzatilayotgan axborotni kriptografik muhofaza qilishning apparat-dasturiy vositasini ishlab chiqish” innovatsion loyihasi. Ilmiy rahbar - “UNICON.UZ” DUK direktorining birinchi o‘rinbosari, t.f.n. Xasanov Xislat Pulatovich.

3. “Kriptografik algoritmlar yaratish” innovatsion loyihasi. Ilmiy rahbar – “UNICON.UZ” DUK Аxborot xavfsizligi va kriptologiya ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i, t.f.n. Аxmedova Oydin Pulatovna.

4. “Buyumlar Interneti ilovalarida maxfiylik va maʼlumotlar yaxlitligini taʼminlash algoritmi va dasturini ishlab chiqish” innovatsion loyihasi. Ilmiy rahbar – “UNICON.UZ” DUK Аxborot xavfsizligi va kriptologiya ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, f.-m.f.n. Nazarova Maxmuda Xusnuddinovna.

G‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish uchun Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan umumiy qiymati 5,6 mlrd. so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi.


Дата: 2021-12-20 06:40:52