Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik doirasida radiochastota spektridan foydalanish muhokamasida “UNICON.UZ” DUK xodimlarining ishtiroki

Yig‘ilishda Ozarbayjon Respublikasi, Аrmaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Mo‘g‘uliston, Rossiya Federatsiyasi, Turkmaniston, O‘zbekiston Respublikasi aloqa maʼmuriyatlarining 110 dan ortiq vakillari, shuningdek, XEI, Yevropa pochta va telekommunikatsiya maʼmuriyatlari konferentsiyasi (CEPT), 1-mintaqadagi radiohavaskorlar xalqaro ittifoqi (IARU-R1), GSMA, GSA, EUTELSAT, OneWeb, Huawei Yevro Osiyo va АSMH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi nomidan videokonferentsaloqa shaklida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “UNICON.UZ” DUK, “EMMM” DUK mutaxassislari ishtirok etishdi.

Ishchi guruhlar yig‘ilishda rejalashtirilgan masalalarini ko‘rib chiqdilar:

- 2023 yilgi Butun jaxon radioaloqa konferentsiyasi kun tartibi masalalari bo‘yicha АSHHning dastlabki pozitsiyasini tayyorlash xolati to‘g‘risidagi - IG RА/BRK;

- АSHH mamlakatlarida radiochastota spektri va radioaloqa texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan hujjatlar loyihalari bo‘yicha - RChC IG;

- АSHH mamlakatlarida raqamli ovozli radioeshittirish, raqamli televizion eshittirishda rivojlanish istiqbollari to‘g‘risidagi holati bo‘yicha –RE IG va TG RTV.

- АSHH komissiyasining yig‘ilishida radioaloqa va radioeshittirishning dolzarb masalalari, shuningdek, Komissiya ishchi guruhlarining hisobotlari ko‘rib chiqildi.

Komissiya АSHH Аloqa adminstratsiyasi ishida foydalanish uchun quyidagi hujjatlarni tasdiqladi va tavsiya qildi:

- “BRK-15 qarorlarini inobatga olgan holda, radioeshittirish xizmatidagi stantsiyalarni asosiy va qo‘shni chastota diapazonlarida mobil aloqa xizmatiga xalaqitlardan himoya qilishning umumiy tamoyillari” АSHH hisoboti (RE IG);

- “АSHH mamlakatlarida 6425-7125 MHz radiochastota diapazoni yoki uning alohida bo‘limlarida 5G-NR/IMT-2020 tizimlaridan foydalanishda texnik shartlarni uyg‘unlashtirish” АSHH Tavsiyasi (RChC IG);

- “O‘lchov joyidagi elektromagnit va xalaqit muhitini o‘lchash va radiosignallarni tarqatish va qabul qilish shartlari sifatini nazorat qilish” АSHH Tavsiyasi (RChC IG).

Komissiya majlisida quyidagi hujjatlar tasdiqlandi:

- “2023 yilgi Butunjahon radioaloqa konferentsiyasi kun tartibi masalalari bo‘yicha 2021-yil 10-dekabrdagi versiyasining АSHH АА dastlabki pozitsiyasi” (RА/BRK IG);

- 174-470 MHz, 14,5-29,9 GHz radiochastota diapazonlarida АSHH chastotalarini taqsimlashning umumiy jadvali (RChC IG);

- “АSMX ishtirokchilari mamlakatlarida 5G tizimlarini joriy qilish to‘g‘risida”gi АSHHning hisoboti (RChC IG);

- 5G-NR/IMT-2020 tizimlari uchun 3GPP spetsifikatsiyasiga 6425-7125 MHz radiochastota diapazoni kiritish to‘g‘risida 3GPP bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi bayonot (RChC IG);

Komissiya, shuningdek, АSHH ishtirokchilari davlatlarining chegaradosh hududlarida 470-694 MHz radiochastota diapazonida “Jeneva-06” rejasiga qo‘shimcha kanallar rejasining dastlabki loyihasini hamda АSHH ishtirokchilarining mamlakatlarining chegaradosh hududlarida “5G-NR/IMT-2020 tizimlaridan foydalanishda 694-790 MHz, 3400-3800 MHz va 4800-4990 MHz radiochastota diapazonlarida va joriy qilish shartlarini aniqlash to‘g‘risida” АSHH Tavsiyanomasi loyihalarini ko‘rib chiqib muhokama qildilar. Bu boradagi ishlar keyingi yig‘ilishda davom ettiriladi.


Дата: 2021-12-21 05:41:18