Joriy yilning 24-dekabr kuni “UNICON.UZ” DUK Tayanch metrologik xizmati xodimlari tomonidan metrologiya xizmatlari mutaxassislari uchun seminar o‘tkazildi.
Videokonferensiyani Markaz Bosh menejeri J. Elchiyev ochib berdi. Seminar “Metrologik ta’minot sohasidagi yangi chora-tadbirlar” mavzusida, Tayanch metrologiya xizmati bo‘;imi boshlig‘i D. Merkulov hamda yetakchi muhandis B. Utabayev tomonidan tashkil etildi. Axborot materiallar va texnik ta’minlash I. G‘ulomqodirov tomonidan amalga oshirildi.
Seminarda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- www.metrolog.mitc.uz - saytning yangi versiyasini ishlab chiqish;
- ichki nazorat bo‘yicha ishlarni tashkil etish;
- standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini muhikama qilish;
- 2021-yilda amalga oshirgan ishlar bo‘yicha natijalarini sarhisob qilish.
Seminarda axborot texnologiyalari sohasidagi 24 nafar metrolog ishtirok etdi.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan