“UNICON.UZ” DUK jamoasi Siz aziz yurtdoshlarimizni Yangi 2022 yili bilan muborakbod etadi.

 “UNICON.UZ” DUK uchun 2021-yil qanday bo‘ldi?

2021-yil ham o‘z nihoyasiga yetmoqda, yilni sarhisob qilishning ayni vaqti. Bu yil nafaqat mamlakatimiz, balki “UNICON.UZ” DUK uchun ham juda samarali yil bo‘ldi.

Bu vaqt davomida axborot muhitida muhim o‘rin olgan bir qator axborot tizimlari va servislar yaratildi.

Quyida eʼtiborga loyiq ayrim amalga oshirilgan loyihalarimizni sanab o‘tamiz:

– Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi;

– Seysmik faol hududlarida joylashgan bino va inshootlarning elektron texnik pasportlari tizimi;

– e-kasb.uz onlayn kasb-hunarlar platformasi;

– Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar.

Аlbatta, bu hali hammasi emas.

2021-yil nafaqat o‘sish va rivojlanishlar, balki Markaz xodimlari uchun katta hadya olib keldi. Xususan, Korxona uchun yangi zamonaviy qiyofadagi bino qurilishi bitirildi.

Endi Korxona xodimlari katta, shinam, barcha sharoitlarni o‘zida jamlagan shaxsiy Data Markazga ega binoda ishlashmoqda.

Korxonamizda jamoaviy ruhni yanada mustahkamlash bo‘yicha ham bir qator timbilding loyihalari ham amalga oshirildi: sayohatlar, sport aktsiyalari, xayriyalar, Korxona rahbariyati tomonidan xodimlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashlar va hokazolar.

Oldinda bizni sermahsul 2022-yil kutmoqda.

Mijozlarimiz, sheriklarimiz va ahil jamoamizga birga o‘tkazgan yil uchun minnatdorchilik bildirib, kirib kelayotgan yangi yilda faqat eng ezgu tilaklarimizni bildirib qolamiz!

Oldimizga qo‘ygan barcha qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshishini chin dildan tilaymiz. Kirib kelayotgan yil o‘sish, rivojlanish va yorqin yutuqlar yili bo‘lsin. O‘zaro ishonch, barqarorlik va halollik ustiga qurilgan hamkorligimiz mustahkam hamda bardavom bo‘lib, yangi kasbiy g‘alabalar olib kelsin!


Дата: 2021-12-31 10:38:09