Maxsum Mubashirovich Maxmudov “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi

Bugun, 18-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishda salmoqli hissa qo‘shgan AKT vazirligining bir qator xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov ishtirok etdi. “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishonlari Mudofaa vazirligi ma’sullari tomonidan taqdim etildi.

 Shuni alohida ta’kidlashimiz kerak, bugungi kunda O‘zbekistonda tashkil etilgan noyob tizim – harbiy-maʼmuriy sektorlar joylardagi davlat hokimiyati organlarini mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlashga faol jalb etish uchun imkon berib kelmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, Хalq va armiya – bir tan-u bir jondir” degan ulug‘ g‘oyani amalda taʼminlashga xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar natijasida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari respublikamiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishning chinakam kafolati bo‘lib kelmoqda.


Дата: 2022-01-18 12:58:08