“UNICON.UZ” DUK ning Asos metrologik xizmati (AMX) metrologik xizmat hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya sohasida metrologik ta’minlash bo’yicha javobgar xo’jalik subyektlari mutahasislari uchun tehnik mashg’ulot o’tkazdi.
ZOOM platrormasida bo’lib o’tgan seminarni “UNICON.UZ” DUK bosh menejeri Javlon Elchiyev ochib berdi.
Texnik mashg’ulot metrologik ta’minot sohasida rejalashtirilgan va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga bag‘ishlandi. Shunday qilib, seminar ishtirokchilari yangi www.metrolog.mitc.uz veb-saytini ishlab chiqish; ichki nazorat bo'yicha ishlarni tashkil etish; o'lchov vositalarini inventarizatsiya qilish va hisobot materiallarini tayyorlash bilan bog'liq masalalarni atroflicha muhokama qildilar.
Xususan, yangi sayt barcha bo'ysunuvchi tashkilotlarga rejalar, hisobotlarni yetkazib berish, sinov uskunalari uchun yangi o'lchov vositalari haqida ma'lumot olishga qaratilgan imkoniyatlarni taqdim etish ta'kidlandi. “UNICON.UZ” DUK direktori Maxsum Mahmudov saytning ishga tushirilishini ma’qulladi, shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha ayrim tuzatish va tavsiyalarini taqdim etdi.
Bundan tashqari, yig‘ilish ishtirokchilari standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qildi, shuningdek, 2021 yilga mo‘ljallangan sohaning metrologik ta’minoti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yakunlarini o’rganib chiqdi.
Seminarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi 24 nafar metrologiya mutaxasislari ishtirok etdi.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan