“UNICON.UZ” DUK Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi

2022-yilning 24-mart kuni “UNICON.UZ” DUK Ilmiy kengashi bo‘lib o‘tdi va unda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1. “UNICON.UZ” DUK Ilmiy kengashining 2022-yilga mo‘ljallangan ish rejasi.

2. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun quyidagi mavzudagi dissertatsiya ishini muhokamasi qilish: "Raqamli formatda chiziqli xarakterga ega analog teleuzatkichlar parametrlarini optimallashtirish usullarini tadqiq qilish va ishlab chiqish".

3.Boshqa masalalar.

 

Birinchi masala yuzasidan Ilmiy kengash raisi, direktor Maxmudov M. so‘zga chiqdi.
U Ilmiy kengash a’zolari va talabgorlarni “UNICON.UZ” DUK Ilmiy kengashining 2022-yilga mo‘ljallangan ish rejasining asosiy masalalari bilan tanishtirdi. “UNICON.UZ” DUK Ilmiy kengashining rejasiga dissertatsiya ishlari mavzulari bo‘yicha ma’ruzalar, talabgorlar dissertatsiya ishlari mavzularini tasdiqlash va ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha yakuniy hisobotlar kabi mavzular kiritilgan.

Ilmiy kengash “UNICON.UZ” DUK Ilmiy kengashining 2022-yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqladi.

Ikkinchi masala yuzasidan talabgor Jabborova M. so‘zga chiqdi. Jabborova M. o‘z so‘zida dissertatsiya ishi mavzusining dolzarbligi, uning maqsadlari va vazifalari, olingan natijalar
va nashr etilgan materiallar haqida qisqacha bayon qildi.

Tadqiqotning maqsadi yangilangan uzatuvchining uzatish yo‘li elementlarining qamrov zonasi radiusiga ta’sirini hisobga olgan holda, mavjud yer usti raqamli televideniye eshittirish tarmog‘ida raqamli televideniye signalini uzatish uchun qo‘shimcha raqamli tuzatish orqali analog televideniye uzatgichlarining parametrlarini optimallashtirish, shuningdek joyning relyefi va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda raqamli televideniye uzatgichining ishonchli qabul qilish maydonini hisoblash algoritmi va dasturini ishlab chiqishdan iborat.

Dissertatsiya ishining natijalari “Aloqa RTV” sho'ba korxonasining tegishli Ishchi loyihalarini ishlab chiqish jarayonlariga, shu jumladan raqamli eshittirish rejimida analog teleuzatkichlarni o‘rnatish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish jarayonida, shuningdek, raqamli televideniye uzatgichlarining qamrov zonasini aniq aniqlash va yer usti raqamli teleeshittirish tarmog‘ida radiotexnika tizimlarini joylashtirishni optimallashtirish jarayonlariga kiritilgan.

Ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar TATU “Televideniye va radioeshittirish tizimlari” kafedrasidagi ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlarida keng qo‘llaniladi va bu tegishli ijro hujjatlari bilan tasdiqlangan.

Dissertatsiyani ko‘rib chiqish jarayonida quyidagi masalalar muhokama qilindi: olingan natijalar, ilmiy yangilik, eksperimental tadqiqotlar haqida va boshqalar.

Ilmiy kengash talabgor Jabborova M. ning “Raqamli formatda chiziqli xarakterga ega analog teleuzatkichlar parametrlarini optimallashtirish usullarini tadqiq qilish va ishlab chiqish” mavzusidagi ma’ruzasini ma’qulladi va TATU qoshidagi ixtisoslashtirilgan kengashga taqdim etish uchun tavsiya qildi.


Дата: 2022-03-25 09:33:07