31-mart kuni Muhammada al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Respublika axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Bayramda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyati, shuningdek idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov o‘z nutqi bilan ochdi va barcha korxona hamda tashkilotlar xodimlarini, shuningdek universitet o‘qituvchilarini tabrikladi.
Vazir idoraviy mansub korxona va tashkilotlar tomonidan sohaviz oliygohlar bitiruvchilari uchun tashkil qilingan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida hamda «IT Women» xotin-qizlar loyihalari ko‘rgazmasida bo‘ldi. Shuningdek imkoniyatlari cheklangan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Vazir ular bilan uchrashib esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Bayramda har bir idoraviy mansub korxona va tashkilot respublika viloyatlaridan birini taqdim etdi. Buxoro viloyatini taqdim etgan “UNICON.UZ” DUK xodimlari taqdirlash marosimida “Eng yaxshi milliy liboslar namoyishi” faxriy yorlig‘ini oldilar.
Bayramda milliy kuylar yangradi, hunarmandchilik mahsulotlari taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbirga shuningdek milliy madaniy markazlar ham taklif qilingandilar. Ular o‘z dasturlari bilan chiqib, mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdilar.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan