Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikdagi oʼzgarishlarga bagʼishlangan davra suhbati boʼlib oʼtdi

“UNICON.UZ” davlat unitar korxonasida “O‘zbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish qonun osti hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyatini tushuntirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida quyidagi mavzular bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini taʼminlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4804-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2021 yil 5 apreldagi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ikki oy muddat ichida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi haqida qaror qabul qilingan edi.

Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi quyidagi qonunosti hujjatlariga o‘zgartirish kiritilgan:

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida”gi Nizom.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 sentyabrdagi 263-son qarorining 1-ilovasiga asosan “Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom qabul qilingan.

3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorini yana-da rivojlantirish to‘g‘risida" 2017 yil 27 apreldagi 246-son qarori.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2018 yil 31 dekabrdagi 1066-son qarori.


Дата: 2022-04-26 06:03:32