"UNICON.UZ" DUK Ilmiy kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi va unda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
- Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun quyidagi mavzudagi dissertatsiya ishini muhokamasi qilish: "O‘zbekiston Respublikasi yer usti raqamli audioeshittirish tarmog‘ining DAB+ standarti bo‘yicha chastota-hududiy rejasini ishlab chiqish va tadqiqotlar o‘tkazish".
- "UNICON.UZ" DUK izlanuvchilarining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya mavzularini tasdiqlash va boshqa masalalar.
Birinchi masala yuzasidan talabgor H. Hamidov so‘zga chiqdi. U o‘z so‘zida dissertatsiya ishi mavzusining dolzarbligi, uning maqsadlari va vazifalari, olingan natijalar va nashr etilgan materiallar haqida qisqacha bayon qildi.
Tadqiqotning maqsadi raqamli radiouzatish bo’yicha xorij tajribasini o‘rganish va 174-230 MHz diapozonida bir chastotali sinxron uzatish metodi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi uchun DAB+ standartidagi davlat yer usti raqamli audioeshittirish tarmog‘ining chastota-hududiy rejasini ishlab chiqishdan iborat.
Ilmiy kengash talabgor H. Hamidovning "O‘zbekiston Respublikasi yer usti raqamli audioeshittirish tarmog‘ining DAB+ standarti bo‘yicha chastota-hududiy rejasini ishlab chiqish va tadqiqotlar o‘tkazish" mavzusidagi ma‘ruzasini tasdiqladi va Ilmiy kengash a‘zolarining taklif va mulohazalarini inobatga olgan holda keying muhokamaga qo‘yishni tavsiya qildi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan "UNICON.UZ" DUK izlanuvchulari U. Azimov. A. Gataulina, J. Elchiev, D. Djamatova, A. Ortiqboev, A. Nuritdinova va A. Ataniyazovlar so‘zga chiqishdi. Ular o ‘z dissertatsiya mavzularining dolzarbligiga e‘tiborni qaratib, dissertatsiyani tayyorlashning individual rejalari bilan qisqacha tanishtirib o ‘tishdi. Shuningdek, dissertatsiyani muhokamaga qo‘yishga tayyorlash rejasining muddatlari bilan o ‘rtoqlashishdi.
Majlis yakunida Ilmiy kengash a‘zolari talabgorlarning dissertatsiya mavzulari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.