28 aprel kuni Toshkentdagi Inha Universitetida Xalqaro AKT sohasida xotin-qizlar kuni nishonlandi.
Tadbirni Xalqaro elektroaloqa birlashmasining telekommunikatsiyalarni rivojlantirish Byurosi direktori Dorin Bogdan-Martin hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ochib berishdi.
Suhbat davomida tomonlar bugungi kunda ayollarga AT sohasida yetarlicha imkoniyatlar yaratilgani va ulardan samarali foydalanish tog‘risida fikrlar almashildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad kelgusida AKT sohasiga yanada ko‘proq xotin-qizlarni jalb qilish va ularni o‘z ishining ustasi bo‘lib yetishishlariga ko ‘maklashishdir.
Tadbir doirasida “Raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish” mavzusida davra suhbati va onlayn-dialog bo‘lib o‘tdi.
Bu kabi tadbirlar gender bo‘yicha raqamli tafovutdan xabardorlikni oshirish, STEM-ta‘limi va raqamli ko‘nikmalarni targ‘ib qilish, shuningdek, AKT sohasidagi kasblarni xotin-qizlar orasida ommalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“AKT sohasida xalqaro xotin-qizlar kuni”da “UNICON.UZ” DUK xodimlaridan A. Gataulina, O. Ahmedova, A. Nuritdinova, M. Jabbarova, N. Abidova, D. Jamatova va S. Nabiyevalar ishtirok etishdi.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan