“UNICON.UZ” DUKda davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Uni direktorning birinchi o‘rinbosari X. Hasanov ochib berdi va olib bordi. Kun tartibida belgilangan mavzu bo‘yicha M. Tulyaganova ma'ruza qildi. Jumladan, xalqaro shartnomalarni tuzish huquqi, ularni prolongatsiya qilish (muddatini uzaytirish), xalqaro shartnomalarni davlat reestriga kiritish va saqlash kabilar haqida so‘zlab berdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarining boshqa ishtirokchilari tomonidan buzilgan taqdirda ko‘riladigan choralari, shuningdek, xalqaro shartnomani tugatish yoki undan chiqish bo‘yicha tushuntirish berib o‘tdi.
Davra suhbati yakunida savol-javob va muhokamalar o‘tkazildi.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan