“Kiberxavfsizlik markazi” DUK va “UNICON.UZ” DUK o‘rtasida o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash marosimi o‘tkazildi

“Kiberxavfsizlik markazi” DUK va “UNICON.UZ” DUK o‘rtasida o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan Hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash marosimi o‘tkazildi.

Ikki tashkilot o‘rtasidagi yangi qo‘shma loyihalar va tadbirlar ustida ishlash va O‘zbekiston Respublikasi axborot hamda kiberxavfsizligini taʼminlashga ko‘maklashish Memorandumning asosiy maqsadi sanaladi.

Memorandumda istiqbolli ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini birgalikda o‘tkazish, ustuvor normativ-huquqiy aktlar va normativ hujjatlarni ishlab chiqish, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasida kiberxavfsizlikni taʼminlash, jumladan axborot xavfsizligi tahdidlarining oldini olish bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, Memorandum doirasida tajriba almashish, mutaxassislar malakasini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi davlat idoralari va tashkilotlarida axborot va kiberxavfsizlik darajasini oshirish maqsadlarida ekspertiza va sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi.


Дата: 2022-05-30 13:00:44