Aloqa sohasidagi hududiy hamdoʼstlik (ASHH) doirasida Radiochastota spektridan foydalanish muhokamalari boshlandi

2022 yilning 30-may-3-iyun kunlari Qirgʼiziston Respublikasida "Radiochastota spektri va sunʼiy yoʼldosh orbitalaridan foydalanishni tartibga solish" boʼyicha АSHH komissiyasining (RChS va YO boʼyicha ASHH komissiyasi) 21-yigʼilishi, shuningdek, uning ishchi guruhlari yigʼilishlari (Radioaloqa assambleyasi (RА) va 2023 yilgi Butunjahon radioaloqa konferentsiyasiga, Radiochastota spektrini boshqarish boʼyicha ishchi guruhi, Radioeshittirish boʼyicha ishchi guruhi, АSHH Аloqa adminstratsiyasi 470-694 MHz chastota diapazonida “Jeneva-06” raqamli yer usti televizion eshittirish rejasiga qoʼshimcha kanallar boʼyicha takliflarni ishlab chiqish boʼyicha loyiha guruhi yigʼilishlari boʼlib oʼtmoqda.

Qirgʼiziston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish vazirining oʼrinbosari Kalikov Talant Seytmuratovich va Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) Radioaloqa byurosi direktori Mario Manevich yigʼilish ishtirokchilariga tabrik soʼzi bilan murojaat qildilar.

Yigʼilishda Ozarbayjon Respublikasi, Аrmaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozogʼiston Respublikasi, Qirgʼiziston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Oʼzbekiston Respublikasi aloqa maʼmuriyatlarining 60 dan ortiq vakillari, shuningdek, XEI, EUTELSAT, OneWeb, АSMH Ijroiya qoʼmitasi vakillari ishtirok etmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi nomidan gibrid videokonferentsaloqa shaklida ishtirok etilmoqda. Yigʼilishda Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “UNICON.UZ” DUK, "RRTM" DUK, “EMMM” DUK mutaxassislari ishtirok etishmoqda.


Дата: 2022-06-01 11:45:52