Konferensiyada tabrik so‘zi bilan “UNICON.UZ” DUK direktorining axborot xavfsizligi va kriptologiya bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, t.f.n. Hasanov Xislat Po‘latovich chiqish qildi. U Kriptologiya va uning amalga oshirilishi sohasidagi yutuqlar haqida so‘zlab berdi.
“UNICON.UZ” DUK bosh ilmiy xodimi, professor Muhitdinov Muhsin Mo‘minovich yosh olimlarni tayyorlash va ilm-fanni rivojlantirishning eng muhim shakli mahalliy kriptograflarning yangi alvodini tayyorlash uchun ilmiy maktablar, kriptologiya maktablarini yaratish ekanligini qayd etdi.
Konferensiyada “UNICON.UZ” DUKdan t.f.n. O. Ahmedova, yetakchi mutaxassislar A. Ortiqboev, D. Jamatova, shuningdek, falsafa doktorlari Z. Xudoyqulov, O. Allanov va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti katta o‘qituvchisi U. Mardiev kriptologiya va ularning yechimlari sohasidagi dolzarb muammolar to‘g‘risida ma'ruza qildilar.
yetakchi mutaxassis A.Ortiqboevning O‘zbekiston Respublikasi “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqidagi ma'ruzasi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Konferensiya yakunlariga ko‘ra tegishli qarorlar qabul qilindi.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan