“UNICON.UZ” DUKda “Nokia” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Tadbirni “UNICON.UZ” DUK direktori Maxmudov Maxsum Mubashirovich ochib berdi va “Nokia” kompaniyasi vakillariga Markaz faoliyatiga va hamkorlikda ishlashga boʻlgan qiziqishi uchun minnatdorchilik bildirdi.
Uchrashuvda “UNICON.UZ” DUKning 30 yillik faoliyati qisqacha tanishtirib oʻtildi.
Toshkentdagi “Nokia” kompaniyasining direktori Maksimilan Volpa samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirdi va kompaniya faoliyati, vazifalari va xizmatlari, hozirgi kunda yurtimizda oʻz imkoniyatlarini aʼlo darajada oshiryotganligi, intilishlari, hozirda Oʻzbekistonda biznesni samarali rivojlantirayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Uchrashuv davomida Tomonlar operatorlar uchun yangi texnologiyalarni targʻib qilish, koʻshma korxona, ilmiy markaz yoki ilmiy laboratoriya yaratib birgalikda ishlar olib borish, xamkorlikda ishlashni tashkil etish boʻyicha taklif bildirildi hamda muhokama qilindi.
Shuningdek, “UNICON.UZ” DUK direktori M. Maxmudov IT Parkda BPO loyihalari qilinishi haqida qichqacha toʻxtalib oʻtdi hamda 2022 yil 24-28 oktyabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan “ICTWEEK Uzbekistan - 2022” AKT haftaligiga “Nokia” kompaniyasining vakillarini ham taklif qildi.
Uchrashuv davomida Toshkentdagi “Nokia” kompaniyasi vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan batafsil maʼlumotga ega boʻldilar.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan