"Познай себя" psixologik markazi mutaxassislari tomonidan "UNICON.UZ" DUK xodimlari bilan psixologik trening o‘tkazildi

"Познай себя" psixologik markazi psixologlari Z.Azimova, G.Utekova va “UNICON.UZ” DUK Kadrlar bo‘limi boshlig‘i S.Muxamedjanova tomonidan “UNICON.UZ” – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi xodimlari bilan "Jamoada sog‘lom ma'naviy va ishchan muhit yaratishning psixologik omillari" mavzusida psixologik trening o‘tkazildi.
Psixologlar ishtirokida o‘tkazilgan treninglarda, xodimlar o‘zlarini qiynayotgan ba'zi muammoli vaziyatlardan chiqish, unga yechim topish, oilada, ishda sog‘lom muhitni shakllantirish va boshqa mavzular yuzasidan so‘z borib, ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.
Trening ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Bunday qiziqarli treninglar har bir tinglovchi uchun foydalidir. Psixologik testlarni yechish davomida o‘ziga, ishdagi, oilasiga va hayotdagi rejalari uchun har bir xodim o‘z xarakterini tahlil qilib, kelajagiga kerakli va zarur yo‘nalishlarni belgilab oldilar.


Дата: 2022-06-23 09:58:06