2022 yil 17 va 18 iyun kunlari “UNICON.UZ” DUK Axborot xavfsizligi va kriptologiya yo‘nalishi mutaxassislari tomonidan “Kriptografik algoritmlar yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida Muxammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kiberxavfsizlik fakulteti bitiruvchi magistrlari uchun kriptologiyaga oid maʼruzalar o‘tkazildi. “UNICON.UZ” DUK ilmiy xodimlari kriptologiya sohasining dolzarbligi, asosiy vazifalari, sohada erishilgan yutuqlar, kriptologiya bo‘yicha davlat standartlari va muammolar bo‘yicha maʼruzalarini taqdim etdilar.
Ushbu tadbirni professor Rixsi Isayev ochib berdi va u kriptologiya sohasining dolzarbligi va respublikada kriptologiya sohasining rivojlanishiga hissa qo‘shgan o‘zbek olimlarining xizmatlarini taʼkidlab o‘tdi. T.f.n. Axmedova O. o‘zining maʼruzasida “UNICON.UZ” DUK mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan kriptologiyaga oid davlat standartlarining mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berdi. F.-m.f.n. Nazarova M. kriptologiya sohasida erishilgan yutuqlar va mavjud muammolarni hal etish yo‘llari haqida maʼruza qildi.
Tadbirda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kiberxavfsizlik fakulteti dekani DSc Irgasheva D., Kriptologiya kafedrasi mudiri PhD Z. Hudayqulov va Kiberxavfsizlik va kriminalistika kafedrasi mudiri PhD O. Allanov o‘z fikr va mulohazalari bilan ishtirok etdilar.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan