“Kriptografik algoritmlar yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida “UNICON.UZ” DUKda2022 yil 21 iyun kuni yosh kadrlar uchun kriptologiya bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Ushbu seminarda markazning ilmiy salohiyatli xodimlarihamdaMuxammadal-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kiberxavfsizlik fakulteti o‘qituvchilari va ushbu fakultetning 4-kurs bitiruvchilari ishtirok etishdi.
Seminarni Axborot xavfsizligi va kriptologiyailmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i t.f.n. Axmedova O. o‘zining kriptologiya sohasining ahamiyati va zarurligi to‘g‘risidagi ma'ruzasi bilan ochib berdi. U kriptologiyaning faoliyat yo‘nalishlari va ushbu yo‘nalishda chop etilgan ilmiy adabiyotlar haqida so‘zlab berdi.
Ushbu seminar ishida “UNICON.UZ” DUKdan f.-m.f.n. NazarovaM., yetakchi mutaxassis OrtiqboevA.hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Kriptologiya kafedrasi o‘qituvchilari Xolimtaeva I. va Davronova L. o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Seminarda qilingan ma'ruza va tavsiyalar qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2023 UNICON.UZ Barcha huquqlar himoyalangan