"UNICON.UZ" DUKda tashkilotlarda arxiv va ish yuritishga mas'ullar uchun ish yuritish va arxiv ishi bo'yicha seminar o'tkazildi. Tadbir davomida arxiv va ish yuritishni tashkil etishning quyidagi masalalari ko‘ri chiqildi:
- ish yuritish va arxiv ishi sohasidagi qonunchilik. normativ va uslubiy baza;
- ish yuritish va arxiv ishi sohasida normativ-uslubiy hujjatlarni tuzish va rasmiylashtirishga talablar. Hujjatlarni tayyorlashda yuzaga keluvchi xatolar tahlili;
- boshqaruv hujjatlari va shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlarning arxiv yozuvlarini tuzish. Vaqtinchalik saqlash muddatlari tugagan hujjatlarni yo‘q qilish tartibi. Hujjatlarni tartibga solish va arxiv yozuvlarini tuzishda yuzaga keladigan xatolar tahlili;
- tashkilot arxivida hujjatlarning butligini ta'minlashga talablar. Arxiv hujjatlarini doimiy saqlash uchun arxiv bo‘limiga taqdim etishga tayyorlash va uning tartibi.
Seminarda ko‘rilgan mavzular ishtirokchialrda jonli qiziqish uyg‘otdi, kun tartibida e'lon qilingan masalalar bo‘yicha konstruktiv fikr almashildi.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan