“UNICON.UZ” DUKda “Kriptografik algoritmlar yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida Axborot xavfsizligi va kriptologiya yo‘nalishi magisrtlari uchun seminar o‘tkazildi. Ushbu seminarda markazning ilmiy xodimlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Seminarni Axborot xavfsizligi va kriptologiya ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i, t.f.n. O.Axmedova o‘zining kriptologiya sohasining ahamiyati va zarurligi to‘g‘risidagi ma’ruzasi bilan ochib berdi. U kriptologiyaning dolzarbligi, yangi kriptografik algoritimlar yaratishning ahamiyati va ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari haqida so‘zlab berdi.
Ilmiy-tajribaviy konstruktorlik ishlari bo’limi etakchi muhandisi A.Ortiqboyev “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahririda bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida so‘zlab berdi va ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Seminarda qilingan ma’ruza va tavsiyalar qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan