“UNICON.UZ” DUKda Ozarboyjon delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

“UNICON.UZ” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazida Ozarboyjon Raqamli taraqqiyot va transport vazirligiga bo‘ysunuvidagi, davlat miqyosidagi muayyan dasturiy ta'minotlar va axborot tizimlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi “Azlin Telecom” kompaniyasi mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda ishtirokchilarga Ijro.gov.uz tizimining yutuqlari va uning oldiga qo‘yilgan maqsadlar hamda vazifalar to‘g‘risida axborot taqdim etildi. Shuningdek, mehmonlarga tarmoqdagi bugungi kunda dolzarb bo‘lgan yutuqlar haqida so‘zlab berildi. O‘z navbatida, mehmonlar ham o‘zlari ishlab chiqqan tizimlar haqida ma'lumot berdilar.
Tadbir yakunida tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik tarmoq uchun samarali bo‘lishiga ishonch bildirdilar.


Дата: 2022-08-12 10:59:05