Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan “UNICON.UZ” – Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi Ixtisoslashgan ishlab chiqarish departamentining Maxsus maqsadli vositalarni ishlab chiqish, konstruktsiyalash va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Yuldashev Baxodirjan Shakirdjanovich “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlandi. Davlat xizmatchilari va ishlab chiqarish hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlarini taqdirlash Oʻzbekiston Respublikasi 31 yilligi munosabati bilan amalga oshirildi.
Ushbu voqea “UNICON.UZ”ning ilgʻor innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga tatbiq etish borasidagi faoliyati natijaviyligining muhim jihati va eʼtirofi sanaladi, bu respublika fuqarolarining farovonligi oʻsishida va iqtisodiy islohotlar chuqurlashuviga xizmat qiladi.
Aloqa telefoni raqami
100187, O'zbekiston, Toshkent, Qorasuv-3, Mingbuloq, 38
© 2017 - 2022 UNICON.UZ Barcha huquqlar ximoyalangan