Korrupsiyaga qarshi kurashish

2022-yil 8-sentyabrda “UNICON.UZ” DUKda “Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari” mavzusida seminar o‘tkazildi.  
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimi Akmal Yunusov ma'ruza qildi. O‘z ma'ruzasida u korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartishlar va davlat tashkilotlarining ochiqligini ta'minlash haqida batafsil axborot berdi.
Tadbir davomida davlat tashkilotlarida tuzilayotgan ichki nazorat tuzilmalarining asosiy maqsadlari, vazifalari va funksiyalari muhokama etildi. Ishtirokchilar muhokama etilayotgan mavzularga qiziqish bildirdilar va konstruktiv fikrlar bilan o‘rtoqlashdilar.


Дата: 2022-09-08 14:05:20