"UNICON.UZ" DUKda korrupsiyaga qarshi ma'rifiy ishlar doirasida "Davlat muassasalarida manfaatlar to‘qnashuvi" mavzusida seminar tashkil etildi.

"UNICON.UZ" DUKda korrupsiyaga qarshi ma'rifiy ishlar doirasida "Davlat muassasalarida manfaatlar to‘qnashuvi" mavzusida seminar tashkil etildi. Ma'ruzachi sifatida "Manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish" mavzusida markaz kadrlar bo‘limi boshlig‘i Sadoqat Muhammadjonova chiqish qildi.

Seminardan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga qarshi kurash madaniyatini joriy qilish va xodimlarga manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va oldini olish xususiyatlarini o‘rgatishdan iborat bo‘ldi.

Xodimlar manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishining sabablari va shart-sharoitlari, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish tartibi, potensial va real manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish kabi muhim masalalar muhokamasida faol qatnashdilar.


Дата: 2022-09-26 05:17:25