O‘zbek tilining rivojlanishi

“UNICON.UZ” davlat unitar korxonasida mamlakatimiz bo‘ylab har yili 21-oktabr kuni nishonlanadigan O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili kuni munosabati bilan tadbirv o‘tkazildi. Seminar maʼruzachisi, Atamashunoslik va lug‘atlar xizmati rahbari Maloxat Komilova “UNICON.UZ” davlat unitar korxonasida ushbu yo‘nalishda jadal islohotlar amalga oshirilganligini qayd etdi. 

2020-2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish dasturiga muvofiq Atamashunoslik va lug‘atlar xizmati tomonidan "Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati" ishlab chiqildi.

Seminar ishtirokchilari shu bilan O‘zbekistonda AKTning til asoslari va terminologik bazasining tobora mustahkamlanib borayotganini taʼkidladilar.


Дата: 2022-10-06 10:42:47